AsosiyDunyo

Malayziyadagi suv toshqini tufayli 19 ming kishi evakuasiya qilindi

Malayziyadagi suvtoshqinlari tufayli kamida bir kishi halok bo`lgan va 19 ming nafar fuqaro o`z uyini tark etgan. Bu haqda mahalliy hukumat ma`lum qiladi.

17  yoshli o`spirin kuchli jala yomg`irlari tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari qurboniga aylangan. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, yigitcha baliq ovlayotgan paytda uni kuchli to`lqin
olib ketgan va u suvga g`arq bo`lgan.

Mahalliyrasmiylarning ta`kidlashicha, 19 ming kishi mamlakatning janubiy va sharqiy
sohillaridagi evakuasiya markazlariga etkazilgan, deya xabar beradi “Interfaks” Eslatib o`tamiz, suv toshqinlari 2 dekabr kuni boshlangan edi. 

    Boshqa yangiliklar