1

Shifo maslahat: “GIPOTONIYa KATTALAR KASALI EMASMI?!”

Salomatlik 09.10.2017, 19:41
Shifo maslahat: “GIPOTONIYa KATTALAR KASALI EMASMI?!”

— Yoshim 22 da. Ikki-uch haftadan buyon boshim og`rib, ko`z oldim xiralashib ketayapti. Shifokorga uchrashsam, qon bosimining pasayishi — gipotoniya, dedi. Axir bu katta yoshlilar xastaligi emasmi, deya hayron qoldim. Davolansam, o`tib ketarmikan?

Asqar Kamolov, Sirdaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— Bugunga kelib, gipotoniya – qon bosimining pasayib ketishi yoshlar orasida ham uchrab turibdi. Buning asosiy sababi esa ko`pincha kun tartibiga bog`liq bo`ladi. Ya`ni vaqtida ovqatlanmaslik, uyquning me`yorda bo`lmasligi, zo`riqish, surunkali charchoq shular jumlasidan.Gipotoniya aksar hollarda issiq mavsumda avj oladi. Qon tomirlari kengayib, holsizlik, ko`z oldining qorong`ilashishi va bosh og`rig`i yuz beradi. Agar shifokorga murojaat etgan bo`lsangiz, muolajalarni kechiktirmang. Avvaliga kun tartibini normallashtiring. So`ngra immunitetni mustahkamlovchi, uqalash, fizioterapiya va davolovchi jismoniy mashqlarmuolajasi yordamida qon bosimini me`yorlashtirishga urinib ko`ring. Bordi-yu bu usullar naf bermasa, keyin dori preparatlariga o`tishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1