1

Shifo maslahat: “ZULUKLARNING QANDAY FOYDASI BOR?”

Salomatlik 10.10.2017, 08:18
Shifo maslahat: “ZULUKLARNING QANDAY FOYDASI BOR?”

— Girudoterapiya haqida eshitgandim. Biroq bu qanday muolaja ekanligini bilmayman. Shu haqda ma`lumot bersangiz.

Yana Xlebnikova, Toshkent shahri

Guljon XIDIROVA, shifokor-girudoterapevt:

— Girudoterapiya muolajasi turli xil kasalliklarda tibbiyot zuluklarining ishlatilishi bilan izohlanadi. Zuluk muolajaga qaratilgan kasallikka ko`ra tananing kerakli sohasiga qo`yiladi. Dastlab bilinar-bilinmas achishish seziladi. Bu paytda zulukdan girudin moddasi ajralib chiqib, qonga tushadi. Ushbu modda qonni suyultiradi, tozalaydi. Muolaja jarayonida tananing kasallangan qismida qon aylanishi yaxshilanadi. Xalqona tilda aytganda, zuluk tanadagi “xarom” qonni so`rib oladi, ya`ni bu qon tanadagi mikrosirkulyar oqim bo`lib, a`zolarda to`plangan zaharli moddalar, viruslar hisoblanadi. Anglaganingizdek, zuluk qonni tozalaydi. Aslida girudoterpiya bugun paydo bo`lgan atama emas. Ma`lumotlarga ko`ra, qadimda ham ushbu muolaja turi keng qo`llanilgan. XX asrda dori preparatlari turining ko`payishi hisobiga girudoterpiya salgina unutildi. Biroq uning foydasini yaxshi bilganlar zuluk yordamida davolash sirlarini avloddan-avlodga etkazib keishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1