1

Shifo maslahat: YuRAKNI AVAYLASh KERAK!

Salomatlik 10.10.2017, 12:20
Shifo maslahat: YuRAKNI AVAYLASh KERAK!

— Otamda yurak faoliyati bilan bog`liq kasallik bor. Bunday vaziyatda unga qanday taomnoma buyuriladi?

Anvar Ziyaev, Toshkent shahri

Ziyoda AZIMOVA, kardiolog:

— To`g`ri tuzilgan taomnoma chindan ham yurak xastaliklarida asqatadi. Taomnomani quyidagicha tashkillashtirish mumkin: kun davomida 6-8 bo`lak non, guruch, meva va sabzavotlar, yog`siz sut yoki yogurt, 2-3 bo`lak pishloq, yog`siz go`sht (mol go`shti, parranda yoki baliq), loviya. Yurak kasalliklari bilan og`riganlarga ko`proq baliq iste`mol qilish tavsiya etiladi. Bu mahsulot tarkibida Omega-3 yog` kislotasi bo`lib, yurak xurujlarini keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishda asqatadi. Taom va eguliklarga asosan zaytun yog`ini ishlatgan ma`qul. Fast-fud mahsulotlaridan esa umuman voz kechish lozim. Dudlangan, achchiq, sho`r va spirtli ichimliklar ham man etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1