1

Shifo maslahat: “TIShLARIMDAN XAVOTIRDAMAN...”

Salomatlik 10.10.2017, 12:38
Shifo maslahat: “TIShLARIMDAN XAVOTIRDAMAN...”

— Tish va milklarimda yallig`lanish kelib chiqmasligi uchun vitaminlardan foydalansam bo`ladimi?

Laziz SATTAROV, Toshkent viloyati

Alisa KAMAEVA, stomatolog:

— Tish va milklar salomatligi uchun bir qancha vitaminlarni tavsiya etish mumkin. Xususan, V6 vitamini juda foydali bo`lib, u xamirturush, jigar, banan, pishloq, tuxum sarig`i, karam, sabzi tarkibida bor. Na`matak, petrushka, bryussel karami, shivit, brokkol, gulkaram, kivi va apelsinda mo`l bo`lgan S vitamini, sut-qatiq va baliq tarkibidagi D3 vitamini, sabzi, piyoz, salat bargi, bulg`or qalampiri, qovoq, pomidordagi A vitamini, shuningdek, fosfor (dukkakli o`simliklar, pishloq, sarimsoq, go`sht), kalsiy (brinza, pishloq, yong`oq, loviya)lar aytiladi.

A vitamini moddalar almashinuvining me`yorda borishi uchun muhim bo`lsa, D vitamini fosfor va kalsiyning organizmga to`g`ri so`rilishi uchun zarurdir. Shu bilan birga, kerakli moddalarni tish va milk to`qimalariga singishini ham nazorat qiladi. S vitamini suyak regenirasiyasini stimullashtirib, qon tomir devorlari va kapillyar tomirlar holatini yaxshilaydi.

V6 vitamini esa tish suyaklari tuzilishini nazorat qiladi. Ko`rib turganingizdek, har bir vitaminning o`z o`rni va ahamiyati bor. Shu bois ozuqa mahsulotlarini ta`miga qarab emas, balki foydali xususiyatiga ko`ra tanlash lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1