1

Shifo maslahat: “BOShIM YoRILAY DEYaPTI”

Salomatlik 10.10.2017, 12:47
Shifo maslahat: “BOShIM YoRILAY DEYaPTI”

— Muntazam bosh og`riqlaridan qiynalib ketdim. Ayniqsa, boshimning yarmijuda qattiq og`rib qoladi. Eshitimcha, bunday bezovtalik migren (shaqiqa) belgilari bo`lishi mumkin ekan. Aslida ham shundaymi?

Sitora YuNUSOVA, Buxoro shahri

Gullola ISROILOVA, nevrolog:

— Avvaliga bezovtaliklar migren bilan bog`liqmi-yo`qmi, shuni aniqlashtirib olish lozim. Migren – bosh miyada qon aylanishining buzilishi sabab kelib chiqadigan o`zgarishdir. Buning oqibatida qon tomirlarida siqilish (spazm) sodir bo`lib, boshning yarim pallasida og`riq paydo bo`ladi. Og`riq turli xarakterda bo`lishi mumkin: engil, o`rtacha yoki keskin. Davomiyligi ham bir necha daqiqadan bir necha kungacha cho`zilishi aytiladi. Bosh og`rig`ini migren bilan adashtirib bo`lmaydi. Oddiy bosh og`rig`i organizmdagi turli o`zgarishlar, tashqi omillar sabab kelib chiqadi. Migrenning sababi esa yuqorida aytganimizdek, bosh miyada qon aylanishining buzilishi bilan ifodalanadi. Ba`zilar migren og`riqlari ko`ngil aynishi, holsizlik, bosh aylanashi, ko`ngil aynishi bilan xarakterlanadi, deyishadi.

Har bir organizm individual ko`rinishda bo`lgani bois bu belgilar hammada turlicha bo`lishi mumkin. Migren juda injiq kasallik, ob-havo o`zgarishi, tor kiyim, jismoniy zo`riqish, asabiylik ham migren xurujlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorlar kasallikning eng yaxshi davosi shifokor buyurgan preparatlar hamda orom olish, deyishadi. Xastalik xurujlarini aniqlashtirib olish maqsadida yon-daftar tutishni maslahat beraman. Buning yordamida og`riqqa sabab bo`layotgan holatlarga oyndinlik kiritish oson bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1