AsosiyJamiyat

BEKATLARDA ELEKTRON VA AUDIO KITOBLAR KUTUBXONASI OChILDI

'BEKATLARDA ELEKTRON VA AUDIO KITOBLAR KUTUBXONASI OChILDI'ning rasmi

Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan Samarqand shahridagi avtobus va tramvay bekatlarida “Mobil kutubxona” tashkil etildi.

Yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlarning yorqin ifodasi sifatida joriy etilgan virtual kutubxonadan yo`lovchilar o`z smartfoni orqali kitoblarning elektron nusxasini QR-kod orqali bepul yuklab olishi mumkin, deb yozadi O`zA.

– Ayni paytda shahardagi bekatlarga milliy va jahon adabiyotining 200 dan ortiq nodir kitobi muqovasi surati va QR-kodi joylashtirilgan, – deydi markazning birinchi toifali kutubxonachisi U.To`lqinov. – Yo`lovchilar ushbu kodni skanerlab, elektron kitobni, shuningdek, uning audioyozuvli variantini telefoni xotirasiga bepul yuklab oladi. Mobil kutubxonalarimizni bosqichma-bosqich ko`paytirish va kitob fondini boyitishni rejalashtirganmiz.

– Bugungi kunda internet orqali ko`plab kitoblarni telefonga yuklab olish yoki boshqalardan ham ko`chirish mumkin, – deydi Samarqand davlat universiteti o`qituvchisi A.Pardaev. – Lekin bekatlarda bunday imkoniyatning yaratilishi, avvalo, yoshlar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini targ`ib etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Birgina Universitet xiyobonida to`rtta bekat bor va ular doim talabalar bilan gavjum. Bunday tashabbusni qo`llab-quvvatlagan holda, uni yanada keng joriy etish faqat ezgulikka, ma`naviyatni yuksaltirishga xizmat qilishini alohida ta`kidlash kerak.

    Boshqa yangiliklar