AsosiyJamiyat

TOShKENTDA YIRIK VALYuTAFURUSh 424 MLN SO`M BILAN QO`LGA TUShDI (VIDEO)

'TOShKENTDA YIRIK VALYuTAFURUSh 424 MLN SO`M BILAN QO`LGA TUShDI (VIDEO)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarni, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent xonadonlaridan birida noqonuniy valyuta oldi-sottisi bilan shug`ullanib kelayotgan shaxsni nojo`ya qilmishlari fosh etildi, deb xabar beradi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Fuqaro Bahtiyor Tojiev o`zi yashayotgan xonadonda noqonuniy valyuta oldi-sottisi bilan shug`ullanish uchun maxsus «yama» tashkil etib, mo`may daromad ortishi maqsadida valyuta mablag`larini ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan.

Ushbu kimsa, navbatdagi mijozdan 100 AQSh dollarini 807 ming so`mga sotib olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Shuningdek, Baxtiyor Tojiev qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanishi va xonadonidagi barcha pullar o`ziga tegishli ekanini tan oldi.

Tadbir davomida ushbu xonadonda noqonuniy muomalaga kiritishga mo`ljallangan 268 mln. 357 ming so`m, 1.100 evro va 19.104 AQSh dollari borligi aniqlandi. Bularni yaxlit hisoblaganda jami 424 mln. 201 ming 864 so`m miqdoridagi pul mablag`lari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Ushbu ish yuzasidan Bosh Prokuratura huzuridagi departament tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.


    Boshqa yangiliklar