AsosiyJamiyat

TURKIYaLIK ShIFOKORLAR TERMIZDA 140 TA JARROHLIK AMALIYoTLARINI O`TKAZIShDI

'TURKIYaLIK ShIFOKORLAR TERMIZDA 140 TA JARROHLIK AMALIYoTLARINI O`TKAZIShDI'ning rasmi

Turkiyalik 18 nafar malakali shifokor va soha mutaxassislari Termiz shahridagi viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markaziga kelib, og`iz va labida tug`ma nuqsoni bor bolalarni davolash maqsadida 140 ta jarrohlik amaliyoti o`tkazdi. Bu haqda "Uz24" xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi sahifasida aytilishicha, turk shifokorlari ishtirokida 494 ta ambulator tibbiy ko`riklar ham tashkil etildi.

Mazkur tadbir Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko`magida amalga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar