1

Bill Klinton prezidentlar yashirincha tinglanganini tan oldi

Dunyo 05.12.2013, 17:49
Bill Klinton prezidentlar yashirincha tinglanganini tan oldi
AQShning sobiq rahbari Bill Klinton xorijiy davlatlar rahbarlarini kuzatish bo`yicha aniq qoidalarni joriy etishga chaqirdi.

Uning so`zlariga ko`ra, u prezident bo`lgandavrda ham “yashirincha tinglash” ishlari olib borilgan, biroq hozir maxsus xizmatda bunda ishlar uchun imkoniyatlar ko`proq. "AQSh Milliy xavfsizlik agentligi xorijiy davlatlar rahbarlarini yashirincha kuzatgani haqidagi ma`lumotning oshkor bo`lishi maxsus xizmatlar faoliyatidagi usullarni o`zgartirish zaruratidan dalolat bermoqda. O`ylashimcha, jahon etakchilarining suhbatlarini yashirincha tinglashning aniq qoidalari o`rnatilishi kerak”, - deydi sobiq AQSh prezidenti.

Klintonning so`zlariga ko`ra, u prezident bo`lgan paytda xorijiy davlatlar rahbariyati haqida ayg`oqchilik ma`lumotlarini to`plashning bunday shakliga ehtiyotkorlik bilan yondashgan. “Bu so`z kim haqida borishiga bog`liq edi. Agar biz bu odamlar Qo`shma Shtatlarga qarshi dushmanona harakatlarga aloqadar deb hisoblasak, unda Amerika maxsus xizmati bu bilan shug`ullana olgan. Biroq, u paytda biz hozirgiday miqyosda ayg`oqchilik qilish imkoniga ega bo`lmaganimizga ishonchim komil”, - deya iqtibos keltiradi uning so`zlaridan “Interfaks”.

Eslatib o`tamiz, yaqinda Amerika maxsus xizmati tomonidan Evropa mamlakatlari fuqarolari va etakchi siyosatchilarining telefon qo`ng`iroqlari yashirincha tinglanishi atrofidagi mojaro Edvard Snouden tomonidan berilgan yangi ma`lumotlar fonida yangi kuch bilan avj oldi. Unga ko`ra, AQSh maxsus xizmati oddiy fuqarolardan tashqari, kamida 35 ta davlat rahbarining telefon qo`ng`iroqlarini ham yashirincha tinglagan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1