AsosiyJamiyat

​FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRI BIR QATOR LAVOZIMLARGA TAYINLASh TO`G`RISIDA BUYRUQ IMZOLADI

'​FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRI BIR QATOR LAVOZIMLARGA TAYINLASh TO`G`RISIDA BUYRUQ IMZOLADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri bir qator harbiy xizmatchilarni lavozimlarga tayinlash to`g`risidagi buyruqni imzoladi.

Podpolkovnik Sotiev Xurshid To`lqinboevich Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Avval Sotiev X.T. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

Podpolkovnik Meyliev O`lmas Pardaevich Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Avval podpolkovnik Meyliev O`.P. Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

Podpolkovnik Djamalov Abror Baxtiyorovich Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Avval podpolkovnik Djamalov A.B. FVV markaziy apparat Tezkor boshqarmasi bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

    Boshqa yangiliklar