06.12.2013 10:37
Og`ir atletikachi Ruslan Nurudinov “Cobalt” avtomobili bilan taqdirlandi
Yil sarhisoblariga ko`ra og`ir atletikachilarimizni taqdirlash marosimi “Ramada” mehmonxonasida bo`lib o`tdi, deya xabar beradi daryo.uz.
Shuningdek, jahon chempionatida bittadan kumush va bronza medalni qo`lga kiritgan Ulug`bek Alimov “Yilning eng istiqbolli sportchisi” nomiga sazovor bo`ldi va «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi.
Tadbirda O`zbekiston Og`ir atletika federasiyasi, O`zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston Olimpiya qo`mitasi tomonidan bir qator og`ir atletikachilarimiz va ularning murabbiylariga diplomlar va esdalik sovg`alar taqdim etildi.





