1

Shifo maslahat: HUSNBUZARLAR “GULLAMASLIGI” UChUN...

Salomatlik 10.10.2017, 19:05
Shifo maslahat: HUSNBUZARLAR “GULLAMASLIGI” UChUN...

— Mavsumga qarab yuzimda husnbuzarlar ko`payadi. O`smir yoshida emasman. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Shoira, Termiz shahri

Nodira RIZAEVA, oliy toifali shifokor-dermatolog:

— Teri kasalliklarining kuchayishi ko`pincha bahoriy mavsumga to`g`ri keladi. Aprelda paydo bo`ladigan husnbuzarlar nafaqat balog`at yoshdagilarda, balki 20 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan ayollarda ham paydo bo`ladi. Buning sababi, mavsumiy omillar ta`sirida organizm yog` bezlarining o`z ishini bajara olmasligi. Bu paytda mikroorganizmlar faoolashib, teriga yomon ta`sir qiladi. Bu muammodan xalos bo`lish uchun taomnomada vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni kupaytirish va yog`li taomlar hamda shirinliklar iste`molini kamaytirish tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1