1

Yong`in xavfsizligiga e`tiborsiz rahbarlar 71 mln. so`m jarima to`lashdi

Jamiyat 06.12.2013, 11:47
Yong`in xavfsizligiga e`tiborsiz rahbarlar 71 mln. so`m jarima to`lashdi
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan «Yong`in xavfsizligi oyligi»ning dastlabki o`n kunligi yakuniga etdi.

Tadbir davomida asosiy e`tibor profilaktik ishlarga qaratilib, keng aholi, ishchi-xizmatchilar va talabalarga yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilish lozimligi tushuntirib borilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Oylik boshlanganidan buyon respublikamizdagi 890 tadan ortiq korxona, tashkilot va xo`jaliklarning yong`inga qarshi holati tekshirib chiqildi. Ishchi xizmatchilar bilan 860 dan ortiq uchrashuvlar o`tkazildi.

Yong`in xavfsizligi talablarini buzgan rahbar va javobgar shaxslarga nisbatan 71 mln. so`mdan ortiq miqdorda jarima solindi.  Yong`in chiqish xavfi bo`lgan korxona, sex va omborxonalarning faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Shuningdek, nosoz elektr moslama, agregat va elektr tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi. Bulardan tashqari, harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismlari tomonidan xizmat ko`rsatiladigan o`ta muhim va toifalangan ob`ektlarda tekshirishlar o`tkazilib, tegishli yo`riqnomalar berildi. Ko`ngilli yong`in o`chirish guruhlari ishtirokida mashg`ulotlar o`tkazildi.

Yong`inlarning asosiy qismi fuqarolar xonadonlariga to`g`ri kelayotgani inobatga olinib, turar joylar, ko`p qavatli uylarning yong`inga qarshi holati, chordoq va erto`lalari tekshirib chiqildi. Mahallalar va uy-joy mulkdorlari shirkatlari hududida aniqlangan noqonuniy qurilishlarga barham berilib, sun`iy to`siqlar olib tashlandi. Gaz va elektr quvvatidan noto`g`ri foydalanayotgan fuqarolar ham aniqlanib, yong`in xavfsizligi qoida va talablarini qo`pol ravishda buzgan etti kishi keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1