AsosiyJamiyat

​SUD TIBBIY EKSPERTI JASURBEK IBROHIMOV IShI BO`YIChA O`Z XULOSALARINI AYTDI

'​SUD TIBBIY EKSPERTI JASURBEK IBROHIMOV IShI BO`YIChA O`Z XULOSALARINI AYTDI'ning rasmi

Toshkent shahar Mirobod tuman Jinoyat ishlari bo`yicha sudida P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o`quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o`limi yuzasidan ko`rilayotgan navbatdagi sud majlisida Sog`liqni saqlash vazirligi Sud tibbiy ekspertiza bosh byurosi eksperti Farhod Lochinov ekspert sifatida ishtirok etdi.

U 1 iyun kuni Jasurbek Ibrohimovning vafotidan so`ng ekspert xulosasini tuzgan. Ekspert qonunchilikka asosan ekspertizaga taqdim etilgan tibbiy hujjatlar va J. Ibrohimov murdasini sud tibbiy ekspertizasi ma`lumotlari bo`yicha qanday tan jarohatlari aniqlanganligini ma`lum qildi.

Farhod Lochinov ko`rsatmasidan:

“Qorin bo`shlig`i a`zolarining yopiq o`tmas jarohati, 12 barmoq ichak devorining travmatik yorilishi, qorin parda orqa to`qimalarining gematomasi, ko`ndalang chambarichak gematomasi, oshqozon osti bezining lat eyishi, o`ng buyrakning lat eyishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi. Peshona o`ng qismida teri osti gematomasi, burun, ko`krak qorin, bel sohalarida, qo`l va oyoqlarda ko`plab shilinmalar hamda yumshoq to`qimalarda lat eyishlar. Bu tan jarohatlari shu joylarga chegaralangan yuzaga ega bo`lgan o`tmas qattiq jismning(inson qo`l va oyoqlari) bir necha marotaba ta`siri natijasida shifoxonaga tushishidan oldin (qo`shimcha ekspertiza tayinlash to`g`risidagi qarorda ko`rsatilgan vaqt va holatda) yuzaga kelgan bo`lishi mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan tan jarohatlar birgalikda og`irlik darajasi bo`yicha hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohati belgilariga ega."

Sudya ekspert o`z xulosasini o`qib eshittirgach, undan 3 may kuni etkazilgan jarohat va o`limning bir-biri bilan bog`liqligi to`g`risida so`radi.

Farhod Lochinov ko`rsatmasidan:

“Ibrohimovning o`limi jarohatning o`zi bilan emas, keltirib chiqargan asoratlar bilan bog`liq. Asoratlar qorin a`zolaridagi jarohatlardan so`ng rivojlangan.”

Sudya ekspertdan tan jarohatini etkazish mexanizmi to`g`risida so`radi.

“Biz uchun buni aniqlash qiyin kechdi. 3 maydan 1 iyungacha oradan ancha vaqt o`tgani sabab tanadagi jarohatlar o`zining belgilarini yo`qotgan. Ko`p ma`lumotlarni tibbiy hujjatlar asosida oldik. 12 barmoq ichak qorin bo`shlig`ida joylashgan a`zo, bu a`zoning yorilishi tashqi ta`sirda yuzaga kelgan. Qorin bo`shlig`idagi boshqa a`zolarda jarohatlar mavjudligi, shu sohaga o`tmas to`mtoq jism ta`siri bo`lganidan dalolat beradi. “Ilmiy nazardan kelib chiqsak qorin bo`shlig`i oldi tomondan yumshoq to`qimalar bilan himoyalangan. Bo`yi balandligidan hisoblanadigan bo`lsa, yiqilib tushganda bunday jarohatni olish ehtimoli kamroq. Jarohat zarba ta`siridan etkazilganligi ko`proq ehtimolga ega. Qorin oldi devoriga etkazilgan jarohat bo`lishi mumkin."

Prokuror ekspertga quyidagi savol bilan murojaat qildi:

Oshqozondagi jarohat juda chuqur joylashgan, aytingchi, ushbu jarohat qanchalik darajada u erga etib borishi mumkin yoki kuchliroq bosim bo`lgandayam ushbu jarohatni olish mumkinmi?

Kuchli zarba oqibatida ko`proq bo`ladi ushbu jarohat, lekin shunday hollar bo`ladiki, oshqozondagi havoning borligi kuchli ta`sir bo`lmagan taqdirda ham oshqozon devorining yorilishiga sabab bo`lishi mumkin. Gidrostatik ta`sir havoni to`lqinlantirib yuboradi berilgan zarba. Ichakdagi havo yoki suyuqlik yig`ilib turgan bo`lsa, kuchsizroq zarba ham uni yorvorishi mumkin, zarba juda kuchli bo`lishi shart emas."

Sudlanuvchining advokati ekspertdan agar o`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilganda, og`ir oqibat kelib chiqarmidi, degan savol bilan murojaat qildi: Ekspert sifatida aytingchi, o`sha kunini o`zida jarrohlik amaliyoti qilinganda bemorning hayotini saqlab qolish mumkinmidi?

“Mutaxassis sifatida aytadigan bo`lsam, hamma holatda ham ushbu jarohat o`lim bilan tugamaydi, mening fikrimcha saqlab qolish mumkin edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar