06.12.2013 15:28
Hazoraspda zardo`shtlik ibodatxonasi qoldiqlari topildi
Bu qadimiy yodgorlik o`sha davrda kulollarning ibodatxonasi bo`lganligi taxmin qilinmoqda. Gap shundaki, so`nggi uch yil davomida Xumbuztepada Xorazm Ma`mun akademiyasining arxeolog olimlari olib borgan tadqiqotlar hadya etdi. Bu esa Xorazm vohasi qadimiy tarixini o`rganishda juda qo`l keladi, deya xabar beradi Xalq so`zi nashri.
Xorazm Ma`mun akademiyasi loyiha rahbari, tarix fanlari nomzodi Sergey Baratovning ta`kidlashicha, hozir ibodatxonaning uchdan ikki qismi, ya`ni 25 metr hajmli maydonida qazishma ishlari olib borilmoqda.
Topilmaning g`arbiy qismida otashgoh joylashgan bo`lib, unda uch tarixiy davrga oid qayta qurish va ta`mirlash ishlarining izlari saqlanib qolgan. Mazkur ibodatxona doira shaklidagi mudofaa minoralariga ham ega bo`lgan.





