1

Endi britaniyaliklar pensiyaga 70 yoshida chiqadi

Dunyo 06.12.2013, 17:20
Endi britaniyaliklar pensiyaga 70 yoshida chiqadi
Buyuk Britaniya moliya vazirligining rahbari Jorj Osborn mamlakatdagi pensiya yoshi 70 yoshgacha ko`tarilishi haqida ma`lum qildi.

Xususan, 1990-yillarda tug`ilgan fuqarolar faqat 2060yildan keyingina pensiyaga chiqishi mumkin. Ushbu islohot yaqin 50 yil ichida 500 milliard funt sterlingni tejash imkonini beradi. Osborn hayotning o`rtacha davomiyligiga asoslangan holda yangi formulani taklif etdi. Bu 1908 yildan buyon Britaniya hukumatida davlat pensiyasini joriy etish haqidagi eng uzoq davom etgan dastur hisoblanishi qayd etiladi. 

Shuningdek, vazir o`zining kuz mavsumida bildirgan “Buyuk Britaniya iqtisodiyotini mas`uliyatli tarzda tiklash” haqidagi fikri britaniyaliklargacha etib borishi umidida xarajatlarni bir milliard funt sterlingga qisqartirish taklifini ham eslatib o`tdi. Vazirning fikricha, bu davlat moliyasini asta-sekin tiklash va yoshlar orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirishga yordam beradi.

Hukumat insonning katta yoshdagi umrining uchdan bir qismi haqli ravishda dam olishga sarflanishi kerak degan g`oyani ilgari suruvchi tadqiqot natijalarini ham e`tiborga oladigan bo`ldi. Endi mehnat va pensiyalar vazirligi har besh yilda bir marta britaniyaliklar umrining o`rtacha davomiyligi haqidagi hisobotlarni yangilab boradi, ularning asosida pensiya yoshini o`zgartirish haqidagi masala hal etiladi.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1