1

“GM” konserni Evropani “Chevrolet”siz qoldirmoqchi

Dunyo 06.12.2013, 17:46
“GM” konserni Evropani “Chevrolet”siz qoldirmoqchi
“General Motors” konserni 2015 yil oxiriga kelib Evropa bozoridagi “Chevrolet” brendidan voz kechmoqchi.

Bu haqda “Automotive News”nashri “GM” direktorlar kengashi raisining o`rinbosari Stiv Girskining so`zlariga tayangan holda xabar beradi.

Bunga G`arbiy va Sharqiy Evropa mamlakatlaridagi murakkab iqtisodiy vaziyat va ushbu bozorda konsern tarkibiga kiruvchi barcha brendlarni qayta tashkillashtirish zarurati sababchi ekani qayd etiladi. Girskining so`zlariga ko`ra, hozir “Chevrolet” Evropa bozorining bor-yo`g`i bir foizga yaqinini egallab turibdi. Shuningdek, kompaniyaning joriy moliyaviy ko`rsatkichlari ham konsern rahbariyatini qoniqtirmayapti.

Shu bois “Chevrolet” o`rniga konsern “Opel”ni rivojlantirishga qaror qildi. Bundan oldin “General Motors” ushbu brendni rivojlantirish uchun 2016 yilgacha to`rt millard evro tikish
niyatida ekani xabar berilgandi. Ushbu mablag`lar modellar qatorini 23 ta mashinagacha kengaytirishga yo`naltiriladi. Shuningdek, 13 ta yangi motorni ishlab chiqish va yillik xarajatlarni 500 million dollarga kamaytirish ham rejalashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1