AsosiyJamiyat

​2-BOLALAR ShIFOXONASI HAMShIRASI JASURDAN EShITGANLARINI SUDGA AYTIB BERDI

'​2-BOLALAR ShIFOXONASI HAMShIRASI JASURDAN EShITGANLARINI SUDGA AYTIB BERDI'ning rasmi

Toshkent shahar Mirobod tumani Jinoyat ishlari bo`yicha sudda P.F. Borovskiy nomli tibbiyot kollejining talabasi Jasurbek Ibrohimov o`limi yuzasidan olib borilgan navbatdagi sud ishida ayblov tarafi hamshira Siddiqova Malikani guvoh sifatida so`roq qilishni so`radi.

Sud ushbu talabnomani qanoatlantirib hamshirani guvoh sifatida so`roq qildi.

2-bolalar jarrohligi shifoxonasining reanimasiya bo`limi hamshirasi Siddiqova Malikaning ko`rsatmasidan:

"Men dastlabki tergov davomida aytmagan ayrim gaplarimni sudga aytmoqchiman. Men Jasur kasalxonamizda yotganida uning yonida ko`p bor navbatchi bo`lib qolganman. U menga navbatchilik paytimda aytgan bir gapini aytib bermoqchiman. Jasurga navbatchilik paytimda “Nega bording, nega urushding?” deb savol bergandim. O`shanda u menga “urushib bo`lib ketayotganimizda, orqamdan kelib tepishdi va men tizam bilan o`tirib qoldim va yiqilib xushimdan ketdim, shunda hammaligi bir bo`lib meni urib ketishdi”

deb aytgan.

Bu gapni ikkinchi operasiyadan keyin tahminan 4-5 kun o`tgandan so`ng, tungi soat 2 larda aytgan.

Sudya guvohdan ushbu gaplarni Jasurning onasiga, shifokorlarga aytdingizmi? Deya savol berdi, guvoh buni shundoq ham hamma bilishini va shu sabab hamma bilgan ma`lumotni qayta aytmaganini ma`lum qildi.

Sudyaning guvoh tergovchiga nima sababdan bu haqda aytmaganini so`raganida esa, guvoh shunday javob berdi:

“Ular mendan bu haqda so`rashmadi, shunga aytmadim. So`roq qilinganimda voqeaga ancha vaqt o`tgani sabab, esimga kelmadi. Keyin qo`shimcham borligini aytganimda, qolganini sudda aytasiz, dedi tergovchi” deya ko`rsatmasini yakunladi Malika.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar