1

Internet ixtirochisi AQSh Snoudenni kechirishi kerak deb hisoblamoqda

Dunyo 07.12.2013, 12:00
Internet ixtirochisi AQSh Snoudenni kechirishi kerak deb hisoblamoqda
Internet ixtirochilaridan biri Tim Berners-Li AQSh hukumati markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snoudenni ta`qib qilishni to`xtatishi kerak degan fikrda.

"Snoudenga avtomat tarzda Nobel mukofotini berish kerak, deb o`ylamayman, ammo amnistiya qo`llash usuli bo`lishi lozim", - dedi olim Jenevada bo`lib o`tgan matbuot anjumanida. Uning fikricha, bugungi kunda internetga jahon tarmog`ini mustaqil guruhlar nazorati ostiga qo`yadigan va bu bilan foydalanuvchilarning shaxsiy hayotini himoya qiladigan “cheklovlar va qarshiliklar tizimi” talab etilmoqda.

Shu bilan birga, Berners-Li ushbu g`oyaning muvaffaqiyatli chiqishiga gumon bilan qaramoqda. “Biz kelajakda bunday tizimlar oldingiday buzilishi mumkinligini tan olishimiz kerak”, - deya qayd etadi olim.

Olimning fikricha, Snouden bilan bog`liq mojaroda internetning hukumatlar tomonidan nazorat etilishi emas, balki “butun tizimning jamiyatga hisobot bermaydigan tarzda tuzilganligi” muhim kashfiyot bo`lgan.

Qayd etib o`tamiz, AQSh Snoudenni Milliy xavfsizlik agentligining ayg`oqchilik dasturlari to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkor etganlikda ayblamoqda. Shuningdek, Snoudenga AQSh hukumatining mulkini o`g`irlash aybi ham qo`yilgan.

Ushbu bandlardan harbiri bo`yicha unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Shu munosabat bilan AQSh bundan oldin Rossiyada bir yil muddatga vaqtinchalik boshpana olgan Snoudenni qaytarishlarini so`ramoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1