Toshkent shahar Mirobod tuman Jinoyat ishlari bo`yicha sudida guvoh, Jasurning yaqin do`sti Firdavs Farhodzodaning ko`rsatmalarini tingladi. Firdavs 2 may kuni Islom Jasurni hammani oldida mashara qilib kulganini aytib berdi.
«2 may kuni Jasur kollejimizda o`qiydigan Zemfira ismli qizning oldiga borib, u bilan tanishmoqchi bo`ldi. Jasur u qizni bir necha kun oldin yoqtirib qolgandi. Uning oldiga borishidan maqsad uning telefon raqamini olish edi. Qiz esa Jasurga rad javobini berib, akasi Dilshodni chaqirishini aytdi. Tushdan so`ng Dilshod va uning do`stlari Jasur bilan «gaplashib olish» maqsadida uning oldiga kelishdi. Dilshod va Jasur o`zaro gaplashib olish uchun biroz oldinga chiqishdi. Orqada qolgan bolalar orasidan esa Islom «u kasal-ku» deb baqirib kuldi»