07.12.2013 12:15
“Microsoft” va FTB 2 mln.ta foydalanuvchini zararli tarmoqdan xalos etdi
Dastur faoliyati jiddiy buzilgan edi, biroq tahdidni to`liq bartaraf etishga hali vaqt kerak, deya tan oladi dasturchilar.
Ma`lum bo`lishicha, botnet “Sirefef” (shuningdek u ZeroAccess nomi bilan ham taniqli) “Google”, “Bing” va “Yahoo”da foydalanuvchilarning qidiruv so`rovlarini maxsus kuzatib borgan. Jinoyatchilarning faoliyatidan ko`rilgan har oylik zarar 2,7 mln.dollarni tashkil etgan.
Aytish joizki, korporasiya oxirgi uch yil ichida sakkizta tarmoq xavfini zararsizlantirishga
muvaffaq bo`ldi. Evropol kiberjinoyat markazi vakilining qayd etishicha, mazkur operasiya tarmoqdagi tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish sohasida muhim bosqich bo`lgan.