OAV ma`lumotlariga ko`ra, 2017 yil 12 oktyabr kuni Vladivostok shahrida avtohalokat oqibatida ikki nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi TIV xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi batafsil ma‘lumot uchun Primore o`lkasining tegishli tuzilmalari bilan aloqalarni o`rnatgan va ushbu masalani nazorat ostida olgan.






