1

​PREZIDENT ELEKTR ENERGIYaSI VA TABIIY GAZ MASALALARINI KO`RIB ChIQDI

Jamiyat 14.10.2017, 10:36
Teglar: Prezident
​PREZIDENT ELEKTR ENERGIYaSI VA TABIIY GAZ MASALALARINI KO`RIB ChIQDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 13 oktyabr kuni sanoat va ijtimoiy soha ob`ektlari, aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash, bu boradagi qarzdorlikni bartaraf etish, ushbu yo`nalishdagi amaliy chora-tadbirlarga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Ushbu masalalar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati va tegishli mutasaddilar hisoboti tinglandi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Respublika Bosh prokurori, “O`zbekenergo”, “O`ztransgaz” kompaniyalari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Asosiy e`tibor, avvalo, aholi, ishlab chiqarish ob`ektlari, ijtimoiy muassasalarni tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash, bu boradagi to`lovlarning amalga oshirilishi, bugungi holat va muammolarga qaratildi.

Shavkat Mirziyoev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ayrim sohalar rahbarlarining ishga sovuqqon munosabati, hamon uchrayotgan eskicha qarashlar mamlakatimiz taraqqiyoti va aholi farovonligiga salbiy ta`sir ko`rsatishini inobatga olib, bunday holatlarga o`z vaqtida tegishli choralar ko`rish, ishni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etib borish vaqti kelganini ta`kidladi.

Tanqidiy tahlil ruhida o`tgan yig`ilishda Majburiy ijro byurosi faoliyati, qarzdorliklarni undirish, huquqbuzurliklarni fosh etish, sud hujjatlari ijrosini ta`minlash, tashkiliy-huquqiy tadbirlar bilan bog`liq masalalar muhokama etildi.

Davlatimiz rahbari yig`ilishda Majburiy ijro byurosi faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng jalb etish, sanoat tarmoqlari mutasaddilari, mahalla faollari bilan hamkorlikni kengaytirish kabi muhim vazifalar bo`yicha topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1