1

Ingliz bandargohiga “kelgindi” suzib keldi (VIDEO)

Dunyo 07.12.2013, 16:20
Ingliz bandargohiga “kelgindi” suzib keldi (VIDEO)
Bristol (Angliya) bandargohida mahalliy aholi g`alati jonzotning paydo bo`lishini kuzatdi.

Suv sathi ostida paypaslagichli ob`ekt o`zidan nur chiqaraboshladi. Tashqi tomondan u kalmarni eslatardi. “YouTube”da paydo bo`lgan video NUJ ishqibozlarini va hatto bundan uzoq bo`lgan odamlarni ham qiziqtirib qo`ydi.  

Guvohlarning so`zlariga ko`ra “kelgindi” 30 soniya davomida ko`rinib turgan va o`zidan turli
rangdagi nurlarni chiqargan, keyin esa keskin yo`qolgan.
Tushunarsiz jonzot aks etgan kadrlarni ko`rgan ekspertlar buni qanday izohlashni bilmayapi. Ularning taxminlariga ko`ra, bu adashib qolgan salpa yoki meduza. Boshqa mutaxassislar esa
“o`zga sayyoralik” tirik bo`lganiga ham ishonchi komil emas.
“Twitter” foydalanuvchilaridan biri uni “Santa-Klausning suv osti chanasi” deb taxmin
qilsa, boshqa bir blogger jonzot mahalliy hayvonot bog`idan qochgan bo`lishi mumkin deb hisoblamoqda.

<center><iframe width="560" height="315" src="//www.youtube.com/embed/l6-yYqsCDhA" frameborder="0" allowfullscreen></iframe></center>

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1