07.12.2013 17:00
“Saab” va “Boeing” kompaniyalari harbiy samolyot yaratmoqchi
2020 yilga kelib, ushbu apparatlar Amerikaning T-38 "Telon" harbiy samolyotlarining o`rnini bosishi rejalashtirilgan.
“Saab” konserniningbosh direktori va raisi Xokan Buskening so`zlariga ko`ra, yaqin yillar ichida kompaniya T-X samolyotini yaratishga investisiya yo`naltirish niyatida. Uning aytishicha, ushbu hamkorlik korporasiyani strategik rivojlantirishning muhim qismi hisoblanadi.
2020 yildan boshlab T-X dasturi bo`yicha AQSh HHKga T-38 "Telon" samolyotlarining o`rnini bosadigan 350 ta o`quv mashinasi kerak bo`ladi. Bu F-35 "Laytning-2" va F-22 "Reptor" kabi beshinchi avlod samolyotlari uchun uchuvchilar tayyorlash zarurati bilan bog`liq, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Bundan oldin AQShHHK oltinchi avlod qiruvchilarini jangovor lazerlar bilan jihozlashni rejalashtirayotgani ma`lum qilingan edi. Amerika harbiylari ular yordamida
dushmanning havo va er usti nishonlarini yo`q qilish niyatida.