1

Yangi yilda erkaklar uchun sovg`a bo`ladigan eng yaxshi gadjetlar o`ntaligi

Dunyo 07.12.2013, 17:30
Yangi yilda erkaklar uchun sovg`a bo`ladigan eng yaxshi gadjetlar o`ntaligi
Yangi yilgacha 3hafta vaqt qoldi. “Novate.ru” portali erkaklar uchun eng yaxshi yangi yil sovg`alarining obzorini tayyorladi. So`z eng yangi va ommabop qurilmalar haqida
boradi.

USB-saot



“Kisai blade watch” soatiga batareya kerak emas. Ushbu futuristik uslubda ishlangan gadjet USB-tirqishiga ega bo`lib, simi bilan birga sotiladi. Uni to`liq zaryadlash uchun 3,5 soat vaqt talab etiladi, shundan so`ng u bir oy davomida uzluksiz ishlab turadi. Soatning narxi - $ 250.
 
An`analarva texnologiyalar chegarasidagi san`at



“Boogie Board Rip Tablet” – bir paytning o`zida ikkita o`lchamda – eskicha usulda “qog`ozda” va raqamli formatda chizish uchun mo`ljallangan planshet. Maxsus qalam bilan chizilgan narsa shu zahotiyoq kompyuterda saqlanib qoladi. “Boogie Board Rip Tablet”ning o`rtacha narxi - $150.
 
Bo`ydoqlar uchun oshxona gadjeti



Skott Ximendingerning “Sansaire Sous Vide Circulator” qurilmasi – ortiqcha sa`y-harakatlarsiz yangi pazandalik darajasiga chiqish imkonini beruvchi devays. Unda tayyorlash jarayoni oddiy algoritmga asoslangan: 1. suv solingan kastryulyaga “Sansaire Sous Vide Circulator” qo`yiladi, 2. go`sht/baliq/sabzavotlar germetik paketga o`raladi va gadjet bilan birga suvga solinadi, 3. harorat sozlanadi va 40-45 daqiqa kutiladi. “Sansaire Sous Vide Circulator”ning narxi - $199.



Natijada, shirali, bir maromda pishgan va maksimal engil bo`lgan ishtahani ochuvchi va foydali taom hosil bo`lishi kerak.
 
Tarmoqda “yashovchilar” uchun aqlli kamera



“Canon PowerShot N” – fotosuratlarni suratga olgandan so`ng darhol tarmoqqa qo`yish imkonini beruvchi wi-fi-funksiyali kompakt (78,6x60,2 mm) kamera. Unda “Hybrid Auto” va “Creative Shot” noyob rejimlari bor. Birinchisi har bir kadr oldidan 4 soniyali videoroliklarni yaratib,
ular oxirida avtomat tarzda bitta rolikka montaj qilinadi va o`ziga xos ijodiy jarayon xronikasi hosil bo`ladi. Ikkinchisida “Canon PowerShot N” apparati “sahna” tahlilini o`tkazadi va kreativ fotosurat olish uchun parametrlarni sozlaydi (kontrastlik, fokus, qora va oq muvozanati). Aqlli gadjetning narxi - $300 atrofida.
 
Qo`rquv va ta`na nimaliginibilmaydigan dinamik



“Boom water resistant speaker” – suvdan va qattiq yuzalarga tushib ketishdan qo`rqmaydigan portativ kolonka. Ishlab chiqaruvchilarning so`zlariga ko`ra, devays suv ostida 30 daqiqagacha
muammosiz turishi mumkin.



Uning qayishqoq “dumi” kolonkani velosiped ruli, suv krani, daraxt shoxi, to`rli devorga o`rnatish imkonini beradi. Bir so`z bilan aytganda, har qanday vaziyatda musiqiy fonni
ta`minlaydi. Narxi $ 60 dan boshlanadi.
 
Navigator-qo`lqoplar



“GPS ski gloves” chang`i navigator-qo`lqoplari makon, balandik, bosib o`tilgan masofa, tezlik va uchish davomiyligini kuzatib turadi. Quvvat manbai – litiy-ionli batareya. To`liq zaryad olishiga 4 soat vaqt ketadi, zaryadi 15-20 soat ichida sarflanadi. “GPS ski gloves” qiymati - $ 650.
 
Kechikish va qizib ketishlarsiz



“USB LED Fan Clock” – soat, ventilyator va stol lampasining qiziq gibridi. Ishlab chiqaruvchilar ushbu devays foydalanuvchilarga ish paytida va ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni yo`qotib qo`ymaslikka yordam beradi. Taxminiy narxi - $ 20.
 
Jangovar sichqon



“Mad Catz” kompaniyasining “RATM Wireless Gaming Mouse” apparati – geymerlarning hayotini engillashtirishga qaratilgan simsiz sichqon. Ushbu gadjet 10 ta dasturlanadigan klavishalar bilan jihozlangan bo`lib, u  USB orqali ham,  Bluetooth orqali ham kompyuterga ulanishi mumkin. Quvvat manbai – AA o`lchamidagi batareya. Narxi - $104 -175.
 
Qo`l ostidagi "royal"



"Roll-Up Electronic Keyboard” kompakt va qayishqoq piano-klaviaturasi ilhom parisini yo`qotib qo`yishdan qo`rqadiganlar uchun yaratilgan. Ushbu portativ asbob batareyada ishlaydi, bu uning sohibiga hamma joyda ishlash imkonini beradi. Bitta “rulon”ning narxi - $ 60.
 
Ajratib olib, yozavering



“Kinesis split keyboard” – faol foydalanuvchilar uchun ergonomik klaviatura. Gadjetning alohida konstruksiyasi klavishalarni qo`l etadigan joyda turishiga va bloklar joylashuvini vaziyatga qarab o`zgartirishga imkon beradi. Bunda barmoqlar, panjalar va elkalarga tushadigan yuklama kamayadi. Ularning o`rtasiga qahva qo`yish yoki axborotning qog`oz manbalarini joylashtirish mumkin. Uni USB bilan ham simsiz usulda ham ishlatish mumkin. “Kinesis split keyboard”ning o`rtacha narxi - $ 95.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1