AsosiyJamiyat

​«ENG YoMON KITOB» – ANTIREKORD LOYIHASI E`LON QILINDI

'​«ENG YoMON KITOB» – ANTIREKORD LOYIHASI E`LON QILINDI'ning rasmi

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi Respublikamizda xalqimiz, ayniqsa yosh avlod vakillariga yomondan yaxshini ajratib olishlari, bo`lar-bo`lmas, siyqasi chiqib ketgan syujetlar asosiga qurilgan, o`quvchining vaqtini o`g`irlaydigan kitoblardan ogohlantirish maqsadida «Eng yomon kitob» – antirekord loyihasini e`lon qildi.

Bunday kitoblar ro`yxatiga asosan quyidagi kamchilik va nuqsonlrga ega kitoblar kiritilishi lozim:
- Mazmuni sayoz;
- Tili qashshoq;
- Matnda o`zbek adabiy tili (imlo va mantiq) qoidalari buzilgan;
- So`zlarning qurilishi g`aliz;
- Asar syujetining siyqaligi;
- Asar badiiyatining nochorligi, muallifning mahoratsizligi;
- Kitobning o`quvchiga ma`naviy ozuqa bermasligi;
- Muqova va boshqa sahifalarda milliylikdan umuman yiroq, yoshlar tarbiyasini buzadigan suratlarning berilishi;
- Kitobda behayo sahnalarning beparda tasvirlanganligi va hokazolar.
«Eng yomon kitob» – antirekord loyihasida nomlari eng ko`p tilga olingan kitoblar Agentlikning api.uz saytida va kun.uz, daryo.uz, sharh.uz, qalampir.uz singari saytlarda hamda «O`zbekiston adabiyoti va san`ati», «Oila davrasida», «Yoshlar ovozi», «Kitob dunyosi» gazetalari va «Sharq yulduzi», «Yoshlik», «Ma`naviy hayot» jurnallarida berib boriladi. Qolaversa, bunday kitoblarga «Mushtum» jurnali va «Hurriyat» gazetasida tanqidiy taqrizlar, parodiya va feletonlar yoziladi.

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi o`zini shu yurtning jonkuyar vakiliman, Vatanim va yoshlar kelajagiga mas`ulman, degan o`zining chin fuqarolik pozisiyasiga ega kitobxonlarini ushbu loyihada faol ishtirok etishga chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar