Bugun Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ikki kunlik amaliy tashrif bilan O`zbekistonga keldi.
O`zbekistonga tashrifi chog`ida Ramzan Qodirov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Tomonlar ikkitomonlama madaniy-ma`naviy va iqtisodiy hamkorlik munosabatlarni muhokama qiladilar, deya xabar beradi RIA Novosti.
Ramzan Qodirov Toshkent, Samarqand va Buxorodagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qiladi.
Checheniston rahbari O`zbekistondagi sabzavot va mevalarni qayta ishlovchi zavodga tashrif buyuradi va istiqboldagi loyihalar bilan tanishadi.






