09.12.2013 10:32
Er sayyorasida sovuq havo rekordi o`rnatildi
Haroratni o`lchash ishlari sun`iy yo`ldosh orqali Amerika qor va muz ma`lumotlari bo`yicha milliy markaz mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Bundan oldingi rekord – Selsiy bo`yicha 89,2 daraja – Antarktidada 1983 yili Rossiyaning “Vostok” stansiyasida qayd etilib, o`shandan buyon u erning “sovuq qutbi” hisoblanardi.
"Fudzi gumbazi" stansiyasi Antraktidadagi eng balandda joylashgan inshoot hisoblanadi. U dengiz sathidan 3786 metr balandlikda joylashgan.
“National Geographic”ning qayd etishicha, Shimoliy yarim shardagi mutlaq minimum biroz pastroq: qariyb minus 70 daraja. Ammo bu ko`rsatkichlar dengiz sathida, ya`ni
Verxoyansk shahrida qayd etilgan.