AsosiyJamiyat

2013 yilda aholi suv ta`minotini yaxshilash uchun 213 mlrd sarflandi

Aholini markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta`minlash borasida joriy yilda 213 milliard so`m mablag` hisobidan 1 ming 850 kilometrga yaqin suv tarmog`i tortilib, 1 million 370 ming nafar aholining suv ta`minoti yaxshilandi.

Shu bilan birga, Andijon, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg`ona viloyatlarida, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qo`qon shaharlarida ayni shu maqsadda 96 million dollar qiymatidagi 8 ta yirik investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu esa 365 ming aholi uchun ichimlik suvi ta`minotini, shuningdek, oqova suv tarmoqlarini yaxshilash imkonini beradi.

Bu haqda Prezident Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta`kidlab o`tdi

    Boshqa yangiliklar