09.12.2013 11:18
Tug`ruq yoshidagi 7 million ayolga tibbiy yordam ko`rsatildi
Yil mobaynida mamlakatimiz bo`yicha 311 milliard so`mlik byudjet mablag`i hisobidan 146 ta
zamonaviy tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi. Jumladan, Andijon viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida yangi davolash korpusi va diagnostika bo`limi, bolalar kasalliklari sanatoriysi barpo etildi. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tibbiyot birlashmasi, Surxondaryo viloyatida ko`p tarmoqli bolalar va kattalar tibbiyot markazlari, Farg`ona viloyatining O`zbekiston va Qo`shtepa tumanlari tibbiyot birlashmalari va boshqa o`nlab kasalxonalar tubdan rekonstruksiya qilindi.
Shu bilan birga, Toshkent shahridagi Pediatriya tibbiyot instituti klinikasida hamdar espublika pediatriya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yangi jarrohlik korpuslari ishga tushirildi.
Birgina 2013 yilning o`zida Respublika ixtisoslashgan xirurgiya markazining kardioxirurgiya
majmuasi va boshqa shunday shifoxonalarda yurak-qon tomir kasalliklariga
chalingan 4 mingdan ziyod bemor dardiga davo topdi.





