1

Qizil go`shtni xush ko`ruvchilarga qanday kasallik xavf solishi mumkin?

Salomatlik 09.12.2013, 14:30
Qizil go`shtni xush ko`ruvchilarga qanday kasallik xavf solishi mumkin?
Singapurlik olimlar kundalik menyuda qizil go`sht miqdorining hatto ozgina ko`payishi ham qandli diabet kasalligiga yo`liqishni ikki baravarga oshiradi, degan xulosaga keldi.

Singapur milliy universiteti mutaxassislarining so`zlariga ko`ra, rasionning o`zgarishi yaqin to`rt yil ichida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin ekan. Shuningdek, bunga qarama-qarshi tendensiya ham qayd etiladi. Agar har kuni qizil go`sht yarim porsiyaga kam tanovul qilinsa, bu kasallanish xavfini 14%ga qisqartirish imkonini beradi.

Eslatib o`tamiz, bu qizil go`shtning zararini tasdiqlagan yagona tadqiqot emas. Bundan oldin olimlar ushbu mahsulot yurak va tomirlar bilan bog`liq muammolarga sababchi bo`lishini va, hatto xolesterin miqdori va tana vazni normal bo`lganda ham infarkt xavfini oshirishini aniqlagan edi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1