1

Britaniyada ashaddiy geymerlar uchun konservalar chiqarildi

Dunyo 09.12.2013, 15:20
Britaniyada ashaddiy geymerlar uchun konservalar chiqarildi
Ommaviy video o`yinlar savdosiga ixtisoslashgan Britaniyadagi do`konlar tarmog`i geymerlar uchun sovg`a tayyorladi.

Ular Rojdestvo bayramiga g`aroyib konservalarni chiqardi. Endi barchabayram taomlarini bitta bankadan tatib ko`rish mumkin. Ular bankaga bir nechta qatlam ko`rinishidagi kichkina porsiyalar shaklida joylashtirilgan.

Bayram konservalarining tarkibida omlet, pirojki, go`shtli qayla, kartoshkali kurka go`shti, saryog`li qayla, qoq non va sut, qiymali bryussel karami, klyukvali qayla, pasternakli sabzi va, albatta, xushbo`y puding bor.

Ushbu noyob taomning muallifi – talaba Kris Godfri. U bankadagi taomlar ularni ertalabdan kechgacha, ya`ni kun davomida tanovul qilish imkonini beradigan tartibda joylashishini e`tiborga olgan. Krisning so`zlariga ko`ra, uning ixtirosi kompyuter o`yinlari ishqibozlari uchun asqotadi. Endi ular bayram kunlarida o`zlarining sevimli ishlaridan uzilmagan holda ovqatlanishi mumkin, buning ustiga ular endi idish yuvish va plita oldida turish kabi ishlardan ham xalos bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1