09.12.2013 15:45
Parij Disneylendi 1,7 mlrd.evro miqdorida qarzdor bo`lib qoldi
Shuningdek, u "Walt Disney Company”ga 70 million evro miqdoridagi lisenziya yig`imini ham to`lay olmayapti. Amerikadagi Disneylend, qimmat narxlarga qaramasdan, ulkan mablag` to`playotgan va muntazam ravishda sifatli xizmat ko`rsatayotgan bir paytda, Parij
ko`p sonli mijozlarga qaramasdan, millionlab zarar ko`rmoqda.
Bunga xarajatlarni qisqartirish bo`yicha qattiqqo`l dasturlar sababchi ekani aytiladi. Ularning amalga oshirilishi mijozlar va xodimlarning xafsalasi pir bo`lishini va noroziligini keltirib chiqargan. Buning ustiga, oktyabr oyi oxirida baxtsiz hodisa ham yuz berdi: attraksionlardan biridan bola qulab tushib, og`ir yaralangan. Bularning barchasi fransuz Disneylendining obro`sini shubha ostiga qo`ymoqda.