1

Odamlar chivinlar uchun bemaza “taom”ga aylanadi

Dunyo 09.12.2013, 16:15
Odamlar chivinlar uchun bemaza “taom”ga aylanadi
Amerikaning Kaliforniya universiteti olimlari nega urg`ochi chivinlar odamlarni chaqishini aniqladi.

Ma`lum bo`lishicha, odam nafas olganida chiqaradigan karbonat angidrid gazi hashoratlarni o`ziga jalb etar ekan. Shuningdek, ushbu qon so`ruvchilarni teri, kir paypoqlar, yuvilmagan
kiyim va choyshablar hidi ham o`ziga tortishi aniqlandi.

Olimlar yaqin paytlargacha chivinlarning odamga yopishish sirini aniqlay olmayotgandi. Entomologiya fakulteti xodimi Anandasankar Reyning so`zlariga ko`ra, hamma gap urg`ochi
chivinlarning og`iz apparati tuzilishida, u odam va hayvon terisini teshish uchun moslashgan. Aynan shu organ tufayli urg`ochi chivinlar bezgak, denge bezgagi, G`arbiy Nil virusi kabi kasalliklarni tarqatadi. 


Odam negachivinlarni jalb etishini tushungan olimlar maxsus kimyoviy tarkibni ishlab chiqdi. U chivinlarni oddiy vositalar kabi o`zidan cho`chitmaydi, balki unga e`tibor qilmaydigan qilib qo`yadi. Buning uchun olimlar odam tanasining chivinlarni jalb etadigan 138 ta xarakteristikasini aniqladi. Keyin bu hidlarni yashira oladigan moddalar tadqiq etildi.   
Mazkur kashfiyot chivin chaqishlaridan aziyat chekayotgan Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika aholisiga real yordam ko`rsatishi mumkin. Tez orada olimlar nafaqat konkret kishini, balki, butun bir qishloqni chivinlardan himoya qiluvchi tarkibni ishlab chiqarish niyatida, deya xabar beradi “Phys. Org”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1