09.12.2013 17:00
Qaysi mahsulotlar aqlli bo`lishga yordam beradi?
Bu borada olib borilgan tadqiqotlardan so`ng shunday mahsulotlarning uchta turi aniqlandi. Yana qanday deng – vitaminlar va foydali mikroelementlarga to`la mahsulotlar!
Ushbu qisqa ro`yxatda birinchi o`rin yog`li dengiz balig`iga berildi. Gap shundaki, baliqlarning ushbu navida katta miqdorda Omega-3 kislotasi mavjud bo`lib, u bosh miyadagi kulrang modda ishlab chiqarilishida qatnashadi.
Ikkinchi o`rinni sut va sut mahsulotlari egalladi. Uning komponentlari miya hujayralari tomonidan engil o`zlashtiriladi, ulardagi moddalar almashinuvi yaxshilanadi, bu esa odamning intellektual qobiliyatlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu eksperimental tarzda
isbotlab ham berildi.
Uchinchi o`ringa dukkaklilar munosib ko`rildi. Ma`lumki, ular foliy kislotasi va V vitaminiga juda boy. To`g`ri, bu moddalar intellekt ko`rsatkichlarini yaxshilamaydi, biroq ular xotirani mustahkamlagan holda fikrlash faoliyati kabi muhim funksiyaga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.