1

Madad-shifo: QON BOSIMINGIZ KO`TARILIB TURSA...

Salomatlik 18.10.2017, 17:08
Madad-shifo: QON BOSIMINGIZ KO`TARILIB TURSA...

Arterial qon bosimining ko`tarilishi bir qancha bezovtaliklarga sabab bo`lishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa quyidagi damlamani sinab ko`ring.

Sirlangan idishga bir siqimdan quritilgan do`lana va na`matak mevasi, 1 choy qoshiq (yoki 1 xalta) valeriana va pustirnik o`simliklari hamda 1 osh qoshiq zig`ir urug`ini soling-da, ustidan 500 ml. qaynagan suvni quying. Idish ustini yopib, yarim soatga qoldiring. Damlamani dokadan o`tkazib, iste`molga yaroqli holga keltirsangiz bas, bir kunda uch mahal 150 ml.dan qabul qilishingiz mumkin.

Muolaja uqalash usullari bilan yanada samarali natija beradi. Jumladan, quloq solinchaganing ortida joylashgan nuqtani bir necha daqiqa davomida ko`rsatkich barmoq bilan asta uqalaysiz. Mazkur chora qon bosimini me`yorda ushlashga yordam beradi.

Qon bosimini nazoratda ushlash uchun zanjabil ildizidan foydalanish mumkin. Suyuq damlangan ko`k choyga choy qoshiqning uchdan bir qismi miqdorida zanjabil kukunini aralashtirib, asta ichiladi. Zanjabilli choy ertalab qabul qilingani ma`qul.

Vannaga suv to`ldirib, 25 ml. valeriana eritmasini qo`shing. Bir siqim dengiz tuzidan aralashtirib yuborsangiz, ta`siri kuchayadi. Qon bosimini me`yorlashtirishga ko`mak beruvchi vanna 15 daqiqa qabul qilinsa, kifoya. Takroriyligi haftasiga 2 marta.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1