10.12.2013 12:10
Yong`in xavfsizligi oyligida 11,4 mingta qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Uning davomida mulkchilik shaklidan qat`i nazar, asosiy ob`ektlar, korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek, turarjoy fondining yong`in xavfsizligi holatiga alohida e`tibor berilmoqda.
Bu boradagi ishlarning barchasi yong`in xavfsizligi talablariga binoan amalga oshirilayotir.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yong`in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yong`in xavfsizligi oyligi uchun maxsus tashkil etilgan tashviqot avtobusi bir necha yildan buyon yong`inga qarshi tadbirlarda samarali ishtirok etib kelmoqda. Avtobus rang-barang plakatlar, tashviqot stendlari, videoroliklar va o`t o`chirish anjomlari bilan ta`minlangan. Yong`indan himoya qilish xodimlari turli ishlab chiqarish ob`ektlarida bo`lib, favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligi haqida so`zlab berishmoqda.
Yong`in xavfsizligi oyligiga 448 nafar inspektor jalb etilgan. Oylik davomida Toshkent shahri bo`yicha o`tkazilgan uchrashuvlarda minglab fuqaro ishtirok etdi. Korxonalarda yong`in xavfsizligi burchaklari tashkil etildi.
O`tkazilgan reydlar natijasida 11411 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, bartaraf etildi, aybdorlarga jarima solindi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yong`in xavfsizligi boshqarmasidan ma`lum qilishlaricha, amalga oshirilayotgan bunday ishlar samarasida yong`inlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foiz kamaygan.





