AsosiyJamiyat

O`zbekiston aeroportlarida qo`l yukini olib o`tishga ba`zi ta`qiqlar joriy qilindi

2014 yil 1 fevraldan O`zbekiston Respublikasi aeroportlaridan uchib ketadigan yo`lovchilarning qo`l yuki tarkibida barcha turdagi suyuqliklar, aerozollar va gellarni olib ketish taqiqlanadi. Bu haqda ”O`zbekiston havo yo`llari” MAK rasmiy sayti xabar bermoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Davavianazorati boshlig`ining 2014 yil 27 yanvardagi buyrug`iga muvofiq O`zbekiston Respublikasi aeroportlaridan uchib ketadigan yo`lovchilarga havo kemasi sahnida qo`l yuki tarkibida va yonida barcha turdagi suyuqliklar, aerozollar va gellarni olib ketish taqiqlanadi.

Istisno tariqasida bolalar ovqati va yo`lovchilarga muntazam ravishda parvoz vaqtida talab etiladigan dori vositalarini olib ketishga ruxsat etiladi. Bolalar ovqati va dori vositalari shaffof, zich yopiladigan, hajmi 1 litrdan ko`p bo`lmagan plastik paketlarga joylashtirilgan bo`lishi kerak. Har bir yo`lovchiga faqatgina bitta plastik paket olib ketishga ruxsat etiladi. Plastik paket aviasiya xavfsizligi nazorati punktida maxsus texnik vositalardan foydalangan holda ko`zdan kechirish uchun taqdim etilishi kerak. Suyuqliklar, aerozollar va gellarni faqatgina yo`lovchining ro`yxatdan o`tkaziladigan bagaji tarkibida olib ketishga ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar