AsosiyHi-Tech

Facebook foydalanuvchilari soni yangi rekordni qayd etdi

Facebook’ning faol foydalanuvchilari soni ilk bor 1,2 milliard kishini tashkil qildi.  ...

Facebook’ning faol foydalanuvchilari soni ilk bor 1,2 milliard kishini tashkil qildi.
 
Kompaniya bergan ma`lumotlariga ko`ra, 2013 yilning to`rtinchi choragida foydalanuvchilar soni 2012 yilga nisbatan 16 % ga oshgan va 1,23 milliard kishini tashkil qilgan.

Ijtimoiy tarmoq tomonidan taqdim etilgan statistikaga ko`ra, kunlik saytga kiruvchilar soni ham ortgan. 2013 yil saytga  kuniga 757 million kishi tashrif buyurgan, bu esa 2012 yilga nisbatan 22%ga ko`p. Shulardan 556 million kishi  mobil qurilmalar orqali kirishgan (2012 yilga nisbatan o`sish 49%). 

Telefon hamda planshet orqali tarmoqdan foydalanuvchilar soni ham ortmoqda. 2011 yil ro`yxatdan o`tganlarning 40%, 2012 yil 60%, 2013 yil esa 70% mobil qurilmalar orqali foydalanishgan. 

Facebook ijtimoiy tarmog`i 2004 yil ishga tushirilgan bo`lib, 2012 yil esa ilk bor milliard ko`rsatkichni qayd etgan. Foydalanuvchiliar kuniga 350 milliondan ortiq surat joylashadi, 10 milliarddan ortiq xabar jo`natishadi. Tarmoq kuninga 500 terabaytlik ma`lumotlarni qabul qiladi. 

    Boshqa yangiliklar