31.01.2014 12:01
Adliya Vazirligi tadbirkorlar uchun “Yagona oyna” tizimini joriy etdi
Bu erda ortiqcha vaqt yo`qotish kabi jarayonlarga barham berish uchun tadbirkorlar va tadbirkorlik sub`ektlarini tegishli mutaxassislar yordamida davlat ro`yxatidan o`tkazish, kommunikasiya tarmoqlariga ulanish, er ajratish, ruxsatnomalar berish kabi masalalarda amaliy yordam ko`rsatiladi, deya [url=http://minjust.uz/uz/press/news/2014/01/4805/]xabar beradi Vazirlik matbuot xizmati.
Shuningdek, tizim orqali tadbirkorlar kredit ajratish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, turarjoy binolarini noturarjoy toifasiga o`tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni qisqa muddatda tayyorlash, er uchastkasiga egalik huquqini davlat ro`yxatidan o`tkazish, tumanda bo`sh turgan binolarni ijaraga berish hamda sotib olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish uchun batafsil ma`lumot olishi mumkin.





