AsosiyJamiyat

Yagona davlat portali to`g`risidagi eng yaxshi maqola muallifi aniqlandi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan e`lon qilingan eng yaxshi maqola tanlovida 20 ta muallif ishtirok etdi.

Bir vaqtning o`zida tanlov uchun jo`natilgan materiallar soni bu raqamdan ko`ra ko`proq bo`ldi.

Uzinfocom markazi xodimlari (Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta`minlash va rivojlantirish guruhining tahlilchilari hamda ZiyoNet guruhi xodimlari) va Qoraqalpog`iston Respublikasi kompyuterlashtirish markazi vakillaridan iborat maxsus hay`at tanlovga kelib tushgan materiallarni tegishli me`zonlarga asosan ko`rib chiqdilar va natijalarni aniqladilar.

Barcha me`zonlar bo`yicha qo`yilgan baholar bir ko`rinishga keltirildi va quyidagi natijalarga erishildi:

1-o`rin: Gulya Rahimova – “Vzglyad so storon: Elektronnoe pravitelstvo Uzbekistana”

2-o`rin: Muzaffar Qosimov - “Interaktiv davlat xizmatlari – Zamonaviy, qulay, ishonchli”

3-o`rin: Zokir Abdullaev: - “Perspektiv uslug dlya biznesa na Edinom portale gosudarstvennx uslug Uzbekistana”

G`oliblarga noutbuk, planshet va fotoapparat kabi sovg`alar taqdim etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar