AsosiyHi-tech

"Robot-bolakay"

'"Robot-bolakay"'ning rasmi

"Toyota Motor" tomonidan ishlab chiqarilgan "Kirobo Mini" roboti chaqaloqning xatti-harakatlarini takrorlay oladi. Kompaniya shu yo`l bilan tug`ilishlar sonining kamayishi bilan bog`liq muammoga ta`sir etishni rejalashtirgan.

Robot-chaqaloq tirik suhbatdosh bilan muloqot qilib, uning his-tuyg`ulariga yarasha javob berishga qodir. Sukunat holatida u yosh bolaning xatti-harakatlariga taqlidan u yondan-bu yonga qimirlab o`tiradi. Gumanoid unchalik katta bo`lmasa ham (bor-yo`g`i 10 sm.) 5 yoshli go`dak zehniga ega.

"Aqlli" robot hozircha faqat Yaponiya mamlakati hududida 390 AQSh dollar bahosida sotuvga chiqariladi.

"Kirobo Mini" juftliklarda bolalarga nisbatan iliq tuyg`ular uyg`otishi, buning natijasida ular haqiqiy farzandga ega bo`lishni istashi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar