AsosiySport

​QIShKI OLIMPIADA O`YINLARI MASh`ALASI YoQILDI

'​QIShKI OLIMPIADA O`YINLARI MASh`ALASI YoQILDI'ning rasmi

Qishki Olimpiada o`yinlari mash`alasi yoqildi

24 oktyabr kuni Gresiyada 2018 yil fevralida Koreya Respublikasining Pyongchang shahrida bo`lib o`tadigan qishki Olimpiada o`yinlari mash`alasini o`t oldirish marosimi bo`lib o`tdi. Marosim odatdagidek Peloponnes yarimorolida joylashgan Olimp tog`ida o`tkazildi.

Marosimda Xalqaro Olimpiya qo`mitasi prezidenti Tomas Bax, Pyongchangdagi Olimpiada tashkiliy qo`mitasi rahbari Li Xi Bom, Olimpiya shaharchasi meri Eftimos Kotzas, Gresiya Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Spiros Kapralos hamda Gresiya prezidenti Prokolis Pavlopulos ishtirok etishdi.

Mash`alani 2014 yilgi qishki olimpiada ishtirokchisi, gresiyalik chang`ichi Apostolos Angeles o`t oldirgan. Mash`alani janubiy koreyalik sobiq futbolchi Pak Ji Sun qabul qilib oladi.

31 oktyabrga qadar mash`ala Gresiya hududi bo`ylab olib yurildi. An`anaga ko`ra, Olimpiada ramzi 2129 km masofani bosib o`tadi, 8 kun davomida mash`alani 505 nafar sportchi ko`tardi. Mash`ala 31 oktyabr kuni Afinadagi «Panatinaikos» stadionida Pyongchang vakillariga topshirildi.

Shundan so`ng, mash`ala sharqqa tomon 8,5 km masofada olib o`tildi va 1 noyabr kuni, Olimpiada boshlanishiga 100 kun vaqt qolganida Janubiy Koreyaga etkazildi. Mash`ala Janubiy Koreyaning yirik shaharlari bo`ylab aylantiriladi va jami 2018 km masofani bosib o`tib, 9 fevral arafasida olimpiya shaharchasiga etkaziladi.

Qishki Olimpiada o`yinlari 9 fevraldan 25 fevralga qadar davom etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar