AsosiyDunyo

Ukrainada ro`y bergan dahshatli YTH 13 kishining hayotiga nuqta qo`ydi

Ukrainada poezd va marshrutka to`qnashib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo`ldi. 

Ukrainaning Viri qishlog`ida yo`lovchilar bilan bo`lgan marshrutka svetofor va poezd kelayotgani haqida ogohlantirish signaliga qaramay temir yo`liga chiqadi. Xarkov-Vorojba yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan poezd marshrutkani ikkiga bo`lib, uzoq masofaga olib ketadi. 

Oqibatda 13 kishi halok bo`ldi, 7 kishi  jarohatlandi. RBKdaily nashrining xabariga ko`ra, faqatgina marshrutka xaydovchisi jarohatlanmagan. 

Hozircha ushbu yo`l transport hodisasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilmadi. Mamlakat prezidenti Viktor Yanukovich jabr ko`rganlar oilasiga yordam berishni va bu dahshatli YTH sabablarini aniqlashni buyurgan.

    Boshqa yangiliklar