AsosiySport

XALQARO TURNIRLARDA TENNISChILARIMIZ G`OLIBLIKNI QO`LGA KIRITMOQDALAR

'XALQARO TURNIRLARDA TENNISChILARIMIZ G`OLIBLIKNI QO`LGA KIRITMOQDALAR'ning rasmi

Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan Malayziya va Turkiyada tashkil etilgan turnirlarda Jo`rabek Karimov, Humoyun Sultonov va Sabina Sharipova muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

Malayziyada o`tayotgan turnirning yakkalik bahslarida Jo`rabek Karimov gvatemalalik Vilfredo Gonsales ustidan 6:2, 6:3 hisobida zafar quchib, ikkinchi davraga yo`l oldi, deb xabar beradi O`zA.

Humoyun Sultonov esa juftlik bahslarida qirg`izistonlik Doniyor Duldaev bilan birga dastlab malayziyalik Kristian Oliver Li va Damen Rokkini, chorak finalda gollandiyalik Mark Diykxuzen va Skott Grikspoorni mag`lubiyatga uchratib, final yo`llanmasi uchun kurashadigan bo`ldi.

Turkiyada xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Sabina Sharipova birinchi davrada serbiyalik Nataliya Kostichni 6:4, 6:7, 6:3 hisobida engdi va navbatdagi bosqichda ruminiyalik Raluka Georgiana Serbanga qarshi kortga chiqadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar