AsosiyDunyo

Nepalda avtobus daryoga qulab tushdi

Nepaldagi yo`l transport hodisasi oqibatida 14 kishi halok bo`ldi, 7 kishi jarohatlandi. 

Yo`lovchi avtobus  mamlakatning markaziy qismidagi daryoga deyarli 500 metr balanlikdan qulab tushgan.

ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, jarohatlanganlar shifoxonaga etkazilgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga etib kelishgan. Hozirda YTH sabablari o`rganilmoqda.

Eslatib o`tamiz, bu fevral oyida Nepaldagi ikkinchi yirik YTH. Fevral oyining boshida Okxaldxunga tog`li rayonlarida yo`lovchi avtobusi qulashi 10 kishining umriga zomin bo`lgan, 47 kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar