AsosiySport

Boks jangiga Click tizimi orqali chipta harid qilish mumkin

8 fevral kuni O`zbekiston Davlat tennis klubida IBF International jahon chempioni unvoni uchun jang o`tkaziladi.   

Ushbu porfessional boks kechasiga o`zbekistonlik boks muxlislari Click tizimi orqali chipta harid qilishlari mumkin, bu haqda Uz24.uz nashri xabar bermoqda.

Chiptani harid qilingandan so`ng, foydalanuvchiga elektron kod SMS orqali yuboriladi. Majmuaga kirishda esa chipta o`rniga ushbu kod ko`rsatiladi.

Chipta narxlari 15 000 dan 30 000 so`mgacha belgilab qo`yilgan. Boks kechasining eng asosiy jangi o`zbekistonlik Sherzod Xusanov hamda argentinalik Karlos Xerez o`rtasida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar