“Lokomotiv”ning ikki nafar yosh futbolchilari yaqinda Angliyaning “Flitvud Taun” jamoasi safida tajriba orttirish uchun ingliz diyoriga yo`l olishgan edi.
Yosh iste`dod egasi Xurmatbek Yo`ldoshev hamda “Flitvud Taun” jamoasi murabbiylar shtabining iltimosiga ko`ra iqtidorli darvozabon Rustam Nortojiev ayni paytda ingliz jamoasi mashg`ulotlarida ishtirok etishmoqda. Shu bilan birgalikda Toshkent jamoasi tarbiyalanuvchilari “Flitvud” safida o`rtoqlik o`yinlarida ham maydonga tushishmoqda.
Kuni kecha “Flitvud Taun”ning U-18 jamoasi “Bolton”ga qarshi o`yin o`tkazdi. Unda “Flitvud” 5:0 hisobida g`alabaga erishdi. Uchrashuvda “Lokomotiv”ning 17 yoshli tarbiyalanuvchisi 3ta gol urib, xet-trik qayd etishga muvaffaq bo`ldi.






